Xitoyliklar Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirishga yordam beradi
eʼlon qilindi
yer tubidan tuproq namunalari olindi
Xitoylik olimlar QzR hududidagi Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirishga yordam beradi, deb xabar bermoqda 24KZ. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining QzRdagi elchisi Chjan Syao o‘rtasidagi uchrashuvda shu masala muhokama qilindi.
Loyiha bo’yicha ishlar boshlandi, yer tubidan tuproq namunalari olindi.
Avvalroq «Kursiv» fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi xodimlari ham Qoraqalpog‘istondagi Orol dengizining qurigan tubiga cho‘l o‘simliklarini ekishni boshlagani haqida e’lon qilgan edi.
Joriy yilda sho‘r va qum ko‘taradigan shamollar kelib turadigan eng zaif hududlarga saksovul, cherkez, juzg‘un ekish rejalashtirilgan. Hammasi bo’lib 150-200 ming gektar maydonga ko’chat ekiladi.