Bugun, 1-avgustda respublikada quruq va jazirama issiq ob-havo kuzatiladi. O‘zbekistonning janubiy hududlarida chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati +40 darajadan baland bo‘ladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkentda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 41-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 25 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 33 darajagacha isiydi, kechasiga borib 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent uchun qanday havo sifati normal hisoblab chiqqan edik.