2-avgust kuni respublikaning aksariyat hududlarida havo +40-daraja jazirama bo‘ladi

eʼlon qilindi
Janubiy hududlarda shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: Piqsels

Bugun, 2-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Janubiy hududlarda shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 44- daraja isishi mumkin. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi mumkin, lekin yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 40-darajagacha ko‘tariladi, kechasi 24-26 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 33-darajagacha issiq, kechasiga kelib 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek