Bahodir Jalolov yarim finalda

eʼlon qilindi
Avstraliyalik Teremoana Teremoanani mag‘lubiyatga uchratdi
Rasm: MOQ

2-avgust kuni Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha chorak finalda Bahodir Jalolov avstraliyalik Teremoana Teremoanani mag‘lubiyatga uchratdi. Sitora Turdibekova xitoy taipeyilik transgender Yu Ting Lin bilan jang o‘tkazdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yarim finalda 7-avgust kuni sportchimizga qarshi Germaniya vakili Nelviye Tiafakka ringga chiqadi.

Aytish joizki, Tokiyo-2020 chempioni Bahodir Jalolov Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi medalini kafolatladi.

Sitora Tudibekova nimchorak finalda Yu Ting Linga qarshi yaxshi jang o‘tkazdi, biroq Tayvan vakili chorak finalga yo‘l oldi.

Avvalroq «Kursiv» dzyudochi Alisher Yusupov O’zbekiston delegatsiyasiga bronza medalini olganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek