O‘zbekistonda imtiyozli taʼlim kreditlari asosan xotin-qizlarga ajratilmoqda

eʼlon qilindi
Tijorat banklari kesimida eng koʻp kredit Mikrokreditbank tomonidan (86 mlrd soʻm) ajratilgan.
Foto: odua / depositphotos.com

2024-yil birinchi yarim yilligi davomida banklar tomonidan imtiyozli taʼlim kreditlari uchun 328,4 mlrd soʻm ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur kreditlar bilan 40,5 nafar talaba qamrab olindi. Ushbu kreditlarning katta qismi, yaʼni 77,2 foizi xotin-qizlarga berildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Tijorat banklari kesimida eng koʻp kredit «Mikrokreditbank» tomonidan (86 mlrd soʻm) ajratilgan. Shulardan 67 mlrd soʻmi foizsiz boʻlsa, qolgan 18 mlrd soʻmi foiz asosida berilgan. Ikkinchi oʻrindan 49 mlrd bilan «Agrobank» joy oldi. Uchlikni 37 mlrd bilan «Aloqa bank» yakunlab berdi.

Mazkur davrda eng kam imtiyozli taʼlim kreditlar «Hamkorbank» (4 mlrd soʻm) va «Orient Finans bank» (3,5 mlrd soʻm) tomonidan ajratilgan.

Avvalroq «Kursiv» qaysi banklardan rasmiy ish haqisiz ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek