Yangiliklar

Birinchi yarim yillikda Davlat budjeti taqchilligi 29 trln soʻmga teng boʻldi

Budjetni moliyalashtirish uchun respublika tashqi bozorga obligatsiyalarni joylashtirdi
Foto: filmfoto / www.depositphotos.com

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, birinchi yarim yillik sarhisobiga qaraganda Davlat budjeti taqchilligi 29 trln soʻmga teng boʻldi. Bu haqda Markaziy bankning pul-kredit siyosati sharhida ma’lum qilindi.

Daromadlar 2023-yilning ushbu davriga nisbatan 18,3 foizga oshib, 121 trln soʻmni tashkil qildi. Xarajatlar miqdori qariyb 150 trln soʻmni qayd qildi, ya’ni 16 foizga oʻsdi.

Moliyaviy holatlarning erkinlashishi yuzasidan bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari kutilmalari fondida II chorakda budjetni moliyalashtirish ichki manbaalardan tashqi manbaalarga oʻtildi. May oyi sarhisobiga koʻra, 1,55 mlrd dollar miqdorida yevroobligatsiyalar joylashtirildi, shuningdek, jalb qilingan qarz instrumentlari taʼsirida almashuv kursi II chorak bo‘yicha 0,5 foizga mustahkamlanib, yil boshidan esa 1,8 foizga qadrsizlandi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda 6,4 foizga oʻsgani haqida xabar bergan edi.