Biznes barqarorligini baholash mezonlari o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati barqarorligi reytingini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, mezonlar EBITDA, ya’ni soliqlar, foizlar va amortizatsiyadan tashqari tushgan daromad bo‘yicha qayta ko‘rib chiqildi. Yangi qoidalarga binoan, korxona faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan baholanadi.
EBITDA marjasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20 % ga oshsa – 10 ball beriladi. Agar 15−20 % ga yuqori bo‘lsa 8 ball, 10−15% ga yuqori bo‘lsa 6 ball beriladi. Belgilangan ko‘rsatkichdan 5−10% ga yuqori hollarda 4 ball beriladi. O‘rtachaga teng yoki 5% dan kam holatda esa 2 balldan oshadi..
Agar ulush o‘rtacha ko‘rsatkichdan 4 baravar (Toshkent shahri uchun) yoki 3 baravar (boshqa hududlar uchun) ortiq bo‘lsa 10 ball taqdim etiladi. 3-4 baravar (Toshkent shahri uchun) yoki 2-3 baravar (boshqa viloyatlar uchun) oshib ketgan taqdirda 5 ball beriladi.
Kassada aniqlangan kamchiliklar sabab oylik reyting ko‘rsatkichidan 5 ball qirqiladi. Soliq tizimi orqali shikoyat kelib tushganda ball umuman berilmaydi.
Aniqlangan xatolarni ixtiyoriy tuzatish uchun 7 ball o‘rniga 10 ball qo‘yiladi. Ilgarigi maksimal ball kamchilik bo‘lmagan taqdirdagina beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kichik biznes subyektlari soliq to‘lovlarini 30 foizdan ko‘proqqa oshirgani haqida yozgan edik.