Yangiliklar

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tomonidan xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

U soxta bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan
Rasm: Kaktus.media

26-iyul kuni Interpol tomonidan oʻta xavfli jinoyatchi sifatida roʻyxatga olingan 1992-yilda tug‘ilgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Jinoyatchi oʻz sheriklari bilan birgalikda soxta bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish bilan shugʻullanib, Oʻzbekiston Davlat budjetiga 12 mlrd soʻmdan ortiq (taxminan $955 ming ) miqdorida zarar yetkazgan.

Botken tuman sudi qarori bilan Interpol qidiruviga berilgan O‘zR fuqarosi tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Avvalroq «Kursiv» Samarqand va Navoiyda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlanganini e’lon qilgan edi.