BYD’ning iyul oyidagi savdo ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
BYD
Yillik o‘sish 30,5 %
Foto: PantherMediaSeller / www.depositphotos.com

BYD 2024-yil iyul oyida jami 342 383 ta elektromobil sotishga erishdi. Bu haqda BYD kompaniyasining Facebook sahifasida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yangi energiya vositalarining umumiy savdosi 8,3 milliondan oshdi.

Kompaniya 340 799 ta yo‘lovchi elektromobillarini sotgan. Yillik o‘sish 30,5 % ni tashkil etgan. Iyulda Dynasty va Ocean sotuvi 328 178 dona sotilgan bo‘lsa, 10 340 ta Denza o‘z egalariga topshirilgan. Fangchengbao modeli sotuvlari esa 1842 donani tashkil qilgan.

Shuningdek, kompaniya iyul oyining o‘zida 30 mingdan ziyod yo‘lovchi avtomobillari eksportiga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq BYD yangilangan Song Plus DM-i mashinasini taqdim etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek