Endilikda sug‘urta polislarini onlayn rasmiylashtirish mumkin
Avgust oyi boshidan buyon service.e-osgo.uz portalida sug‘urta shartnomalari va polislarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati ishga tushirildi, deb xabar berdi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA).
Agentlik sentabr oyi boshidan sug‘urta va qayta sug‘urtalash shartnomalari faqat ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi haqida ogohlantirdi. Portal orqali sug‘urta polislari ham rasmiylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra sug‘urta kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga 6,1 trln so‘m mablag‘ kiritilgan edi.
Sug‘urtalovchilarning umumiy aktivlari shu vaqt ichida 9,9 trln so‘mni, sug‘urta to‘lovlarining umumiy hajmi 566,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining foydasi yil davomida 38 foizga oshganini e’lon qilgan edi.