Yigirmata konteynerdan iborat birinchi poyezd Hindistondan O‘zbekistonga yo‘l oldi, deb xabar berdi Turkmenportal sayti.
Poyezd keramik plitalarni tashiydi. Turkmaniston chegara punkti orqali Chuqursoy temir yoʻl stansiyasi (Oʻzbekiston) yoʻnalishida davom etadi.
Bunday poyezd masalasi 2023-yil dekabr oyida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «Turkmendemiryo‘llari» agentligi vakillari tomonidan muhokama qilingan edi. Keyin tomonlar «O‘zbekiston – Turkmaniston – uchinchi davlatlar» transport koridorini rivojlantirishga kelishib oldilar.
Avvalroq «Kursiv» bu yil yozda BYD O‘zbekistonga avtomobillarni birinchi bor poyezdda jo‘natdi.