Yangiliklar

«Humans»ning yarim yillik sof foydasi 269 foizga oshdi

Sof tushum esa 159,9% ga oshdi
Foto: Humans.uz

«Humans Companies» AJ joriy yilning I yarmida 4,2 mlrd so‘m sof foydasi oldi. Tashkilot hisoboti Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu sof foyda o‘tkan yildagi mos davr bilan solishtirilsa, 268,9% ga ko‘p deganidir. Sof tushum esa 159,9% ga oshib, 23,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, 12 oy davomidagi uzoq muddatli bank kreditlari 9,5 mlrd so‘mdan 13,8 mlrd so‘mga o‘zgargan bo‘lsa, qisqa muddatli qarzlar 19 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Avvalroq «Kursiv» «Click»ning foydasi 50 foizga oshgani haqida yozgan edi.