Oʻzbekiston Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi medalga sazovor boʻldi
eʼlon qilindi
Ikkita medal ham dzyudochilar tomonidan qo‘lga kiritildi

Oʻzbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) vazn toifasida bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
U uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini magʻlubiyatga uchratib, bronza medalga sazovor boʻldi.
Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasining medallari soni ikkitaga – bitta oltin va bitta bronzaga yetdi.
Avvalroq yana bir dzyudochi Diyora Keldiyorova Oʻzbekistonga dastlabki medalni taqdim qilgan edi.