Yangiliklar

Oʻzbekistonda avtobus ishlab chiqarish 2,1 foizga kamaydi

Jami 375 dona ishlab chiqarilgan
Rasm: «Yangi O‘zbekiston»

2024-yilning dastlabki olti oyida mamlakatda 375 dona avtobus ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida malum qilindi.

Unga koʻra, 2023-yilning mazkur davrida 383 dona avtobus ishlab chiqarilgan. 2024-yilda bu koʻrsatkich 2,1 foizga kamaygan.

Ma’lumot uchun, birgina iyun oyida mamlakatda 77 ta avtobus ishlab chiqarilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yanvar – iyun oylarida deyarli 178 ming dona yengil avtomobil va 12,8 ming dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent va Chorvoq oʻrtasida avtobuslar qatnovi koʻpayganligi haqida xabar bergan edi.