O‘zbekiston $1,5 mlrdga teng to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
Oʻzbekiston 2024-yilning dastlabki 6 oyida toʻqimachilik mahsulotlarini 55 ta davlatga $1,5 mlrdlik eksport qildi. Bu haqda statistika agentligi xabar beradi.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlarining umumiy eksport miqdori 16,6 foizni qayd etgan. Joriy yilning xos davriga nisbatan ushbu ko’rsatkich 4,8 foizga kamayib 11,8 foizni tashkil etadi.
2024-yilda eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida mavjud boʻlgan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari 38,1 foiz, kalava ip esa 46,2 foiz bilan asosiy oʻrinni egallaydi.
Ma’lumot uchun, toʻqimachilik mahsulotlarining tarkibiga; kalava ip- 708,6 mln, tayyor toʻqimachilik mahsulotlari- 584 mln, trikotaj mato- 144,1 mln, gazlamalar- 75,1 mln, paypoq- 20,5 mlnni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston yanvar oyida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 14,4 foizga oshirganligi haqida xabar bergan edi.