Respublika Markaziy banki va Hindiston zaxira banki oy davomida oltin zaxiralarini to‘qqiz tonnaga oshirdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (WGC) xabar beradi.
Iyun oyda markaziy banklar tomonidan sof xaridlar 12 tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, umumiy talab kamayib, yalpi xaridlar 31 tonnagacha qisqardi, bu esa 18 tonna yalpi sotish bilan qoplandi.
Joriy yilning iyunida Singapur tonna oltin sotdi va eng katta sotuvchiga aylandi.
Aytish joizki, iyunda O‘zbekiston Markaziy banki zaxirasidagi oltinning fizik hajmi 11,4 mln troy unsiyadan 11,7 mln troy unsiyaga (+9 tonna) oshdi. Regulyatorning oltin zaxiralari qiymati $506,5 millionga oshib, $27,3 milliardga yetdi. Biroq, oltin narxi ko‘tarilgani bilan regulyator iyunda ham qimmatbaho metallni sotmadi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Bank aprel oyidan boshlab oltin sotmagan edi. Regulyator oxirgi marta mart oyida 11 tonna qimmatbaho metallni sotgan va uning eng yirik sotuvchisiga aylangan edi.