Olimpiada o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha qaysi jamoa peshqadam – jadval
26-iyul kuni Parijdagi Olimpiada o‘yinlariga start berildi. Bugungi kunga kelib qaysi davlat medallar jamg‘arish bo‘yicha peshqadamligini «Kursiv» hisoblab chiqdi.
2-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:20 holatiga ko‘ra Xitoy yetakchi, ikkinchi o‘rinda AQSh vakillari va kuchli uchlikdan turnir mezboni joylashgan.
O‘rin | Davlat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
1 | Xitoy | 11 | 7 | 6 | 24 |
2 | AQSh | 9 | 15 | 13 | 37 |
3 | Fransiya | 8 | 11 | 8 | 27 |
4 | Avstraliya | 8 | 6 | 4 | 18 |
5 | Yaponiya | 8 | 3 | 5 | 16 |
6 | Buyuk Britaniya | 6 | 7 | 7 | 20 |
7 | Janubiy Koreya | 6 | 3 | 3 | 12 |
8 | Italiya | 5 | 7 | 4 | 16 |
9 | Kanada | 3 | 2 | 3 | 8 |
10 | Germaniya | 2 | 2 | 2 | 6 |
O‘zbekiston terma jamoasida hozircha bitta oltin va bitta bronza medal majvud. Ikkala medal ham dzyudo sport turida qo‘lga kiritildi.
Markaziy Osiyo davlatlari:
O‘rin | Davlat | Oltin | Kumush | Bronza | Jami |
22 | Qozog‘iston | 1 | 2 | 3 | |
25 | O‘zbekiston | 1 | 1 | 2 | |
50 | Tojikiston | 1 | 1 |
Eslatib o‘tamiz, 28-iyul kuni dzyodichimiz Diyora Keldiyorova final bahsida (-52 kg) o‘z vazn toifasida kosovolik Distrija Krasnich ustidan g‘alaba qozonib oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
1-avgust kuni yana bir sportchimiz Muzaffarbek Toʻraboyev dzyudo bo‘yicha uchinchi o‘rin uchun ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilinni mag‘lub etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.