Yangiliklar

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi eng yirik mahbus almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Mahkumlarning umumiy soni 26 kishini tashkil qiladi
Foto: NTV You Tube sahifasidagi videodan olingan rasm

Anqarada Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi eng yirik 26 mahbus almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkiyaning NTV telekanali xabar berdi.

Rossiya tomoni AQShga 16 kishini topshirdi (bu guruhga AQSh fuqarolari, ikki fuqarolikka ega shaxslar va rossiyaliklar kiradi), Qo‘shma Shtatlar tomoni esa 8 kishini Rossiyaga taqdim etdi (ularning barchasi Rossiya Federatsiyasi fuqarolari).

Jarayon doirasida amerikalik jurnalist Evan Gershkovich va sobiq AQSh dengiz piyodasi Pol Uilanlarni AQShga jo‘natdi.

Kelishuvda boshqa davlatlar ham ishtirok etdi. Jumaladan, Germaniya Vadim Krasikovni Rossiyaga topshirdi. Bu haqda prezident Vladimir Putin shaxsan xavotirlandi. Belarus sudi esa ilgari yollanma va terrorizm ayblovlari bilan o‘lim jazosiga hukm qilingan Riko Krigerni Germaniyaga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya va Xitoyni chetlab o‘tib, Markaziy Osiyo bilan savdo bo‘yicha hamkorlik qilmoqchiligi haqida yozgan edik.