Safina Sadullayeva balandlikka sakrash bo‘yicha finalda
eʼlon qilindi
1.95 metr natijasini qayd etib finalga yo‘llanma oldi
Balandlikka sakrash bo‘yicha yengil atletikachi Safina Sadullayeva Olimpiya o‘yinlarida final bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.
Sportchimiz balandlikka sakrash dasturida 1.95 metr natijasini qayd etib finalga chiqdi. So‘nggi tur bahslari 4-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz guruh bosqichida 1.83 va 1.88 metr balandliklarni birinchi urinishda zabt etdi.
Avvalroq «Kursiv» Olimpiada o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha qaysi jamoa peshqadamligi haqida jadval tuzgan edi.