Savdo-sanoat palatasi raisi elektromobillarga boj kiritishni ma’qulladi

eʼlon qilindi
Rais o‘z fikrini bir necha sabablar bilan izohlagan
Foto: Pixabay.com

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov 26-iyul kungi tadbirkorlar bilan uchrashuvda elektromobillarga bojlarni gibrid avtomobillarniki bilan tenglashtirish kerakligini aytdi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.

 Unga ko‘ra, palata raisi o‘z fikrini dalillash uchun boshqa davlatlardagi tizimlarni misol qildi. Jahonning yetakchi mamlakatlaridan AQSHda avtomobil narxining 102,5 foizi, Yevropa Ittifoqi davlatlarida 38,1 foizi, Turkiyada esa 50 foizga teng miqdor boj sifatida joriy qilinganini aytdi.

Shuningdek, boj joriy qilmaslik Xitoy elektromobillarining sifatiga ta’sir qilishini ta’kidlagan. Yana rais, mahalliy sharoitlarga, sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati yo‘q bo‘lgan elektromobillar xaridi orqali katta xarajatlarga tushishi mumkinligini aytgan.

 Raisga ko‘ra, masala jahondagi akkumulyatorlarni qayta ishlash dolzarbligiga ham borib taqaladi. Elektromobillar bojini gibrid avtomobillar boji bilan tenglashtirish, yuqoridagi dolzarb masalaga yechim bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ADM Jizzakh elektromobillar uchun bojlarni qaytarishni taklif etgan edi.

Shuningdek