Turkiyada Instagram bloklandi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bloklash sababi mavhumligicha qolmoqda
                    
                            
Turkiya Instagram ijtimoiy media platformasiga kirishni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Reuters Ankara xabar berdi.
Unga ko‘ra, Instagram bloklanishi haqida hech qanday sabab va muddat ko‘rsatilmasdan patformaning mobil ilovasiga kirish imkoni cheklab qo‘yilgan.
Bu qaror chorshanba kuni Turkiya aloqa xizmati rasmiysi Fahrettin Altunning platformani Hamas rahbarlaridan biri Ismoil Haniyaning o‘limi bilan bog‘lagan. Aytilishicha, Instagram hamdardlik xabarlarini bloklash qarori uchun tanqid qilgan izohlaridan keyin bloklangan.
Turkiya Axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasi (BTK) qarorni 2-avgust kuni internet sahifasida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti mamlakat Isroilga qo‘shin kiritishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
