Yaponiya hukumati Rossiyani chetlab o‘tib, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan savdo yo‘lini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozadi «The Japan Times».
Nashrning yozishicha, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 2024-yil kuzi boshida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan bo‘ladigan uchrashuvda ushbu tashabbus haqida ma’lumot beradi. Sammit Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yaponiya hukumati Markaziy Osiyo davlatlarida havo qatlamiaga zararli moddalar chiqishi masalasi bo‘yicha ko‘maklashish niyatida. Ushbu maqsadga erishish uchun Yaponiya kompaniyalarini jalb qilinadi.
Sentabrdagi sammit oldidan Kisida 9 – 12-avgust kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurish niyatida.
Avvalroq «Kursiv» AQSh Rossiya Federatsiyasi va Xitoyni chetlab o‘tib, Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalarini o‘rnatmoqchi ekanini e’lon qilgan edi. Tashabbusni AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O’Brayen bildirdi.