Bokschi Sitora Turdibekova Olimpiya o‘yinlarida tayvanlik raqibiga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova chorak final yo‘llanmasi uchun kechgan jangda tayvanlik raqibi Yu Ting Lingga imkoniyatni boy berdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
2024-yil avgust oyi boshida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Yu Ting Ling va jazoirlik sportchi Imana Xelifning Olimpiadada ishtirokini qoraladi. Tashkilot ma’lumotlariga koʻra, ular ayollar oʻrtasidagi musobaqalarga kirish talablariga javob bermagan.
IBA ushbu talablarni buzgani uchun 2023-yilda Yu Ting Ling va jazoirlik sportchi Imana Xelifni diskvalifikatsiya qildi.
2024-yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) IBAni tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi va assotsiatsiya hamda unga a’zo federatsiyalarni 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni taqiqladi. XOQ qarori bilan diskvalifikatsiya qilingan sportchilarga Parijdagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish imkonini berdi.
Independent nashriga ko‘ra, Yu Ting Ling va Iman Helia o‘zlarini transgenderligini tan olishmaydi.
Avvalroq «Kursiv» Bahodir Jalolov yarim finalga yo‘l olganini e’lon qilgan edi.