Isroilda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mavjud xavfsizlik holatini hisobga olib, quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘rashdi. Bu haqda Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi rasmiy bayonot berdi.
O‘zbekistonliklardan mamlakatning ayrim hududlariga bormaslik, olomon ko‘p joylarda yig‘ilmaslik so‘raldi.
«Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga oʻrnating», deyiladi elchixona bayonotida.
Avvalroq «Kursiv» Isroilda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan uylarini tark etmaslik soʻralganini e’lon qilgan edi.