Joriy o‘quv yilida maktab o‘quvchilar uchun majburiy forma joriy etilmaydi

eʼlon qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i ma’lum qildi
Rasm: monkeybusiness / depositphotos.com

2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekiston maktablarida majburiy forma joriy etilmaydi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov ma’lum qildi.

«Har yili har bir maktab tomonidan oʻz nizomi boʻyicha belgilangan forma tanlab olinadi. Hozirga qadar oʻquvchilar uchun ayni bir xil forma kiyilsin, degan qattiq talab qoʻyilmadi. Demak, joriy yilda ham maktablarda majburiy forma joriy etilmaydi», deydi Azamat Kamolov.

Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi tomonidan olib borilgan tadqiqot va tahlillarga koʻra, yagona maktab formasi oʻquvchilar (va ularning ota-onalari) oʻrtasida kiyim tanlashda raqobatni to‘xtatadi, shuningdek, turli ijtimoiy-iqtisodiy muhitdagi oilalar oʻrtasidagi tabaqalanishni sezilarli darajada kamaytiradi.

Aytish joizki, 2018-yil hukumat tomonidan yagona maktab formalari namunalari tasdiqlangan edi. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilar uni ixtiyoriy tartibda kiyishga haqli ekani belgilab qoʻyilgan. Maktab formalari majburiy boʻladigan sana 2019/2020 oʻquv yilidan 2024/2025 oʻquv yiliga – 5-yilga kechiktirildi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi. Yagona maktab formasi 2025-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Avvalroq «Kursiv» Maktabgacha ta’lim agentligi tugatilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek