O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahsda ishtirokini yakunladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Janubiy Koreya jamoasiga yutqazdi
Rasm: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

Parij yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston vakillari jamoaviy dasturda chorak final bosqichida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Chorak final bahsida terma jamoa Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. 2:0 hisobida oldinga chiqqan jamoamiz keyingi to‘rtta bahsda g‘alabaga erishmadi va 2:4 hisobida yutqazdi.

Jamoa bronza medallari uchun o‘tish bosqichida Janubiy Koreya jamoasiga qarshi tatamiga chiqdi. Biroq vatandoshlarimiz 4:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi va turnirni tark etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek