Yangiliklar

«Parij – 2024» Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning ikkita bokschisi yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Abdumalik Halokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalga chiqishdi
Rasm: MOQ

Oʻzbekiston delegatsiyasining «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdori Abdumalik Halokov boks bo‘yicha -57 kg vazn toifasida chorak final bahsida ispaniyalik Xose Kiles ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Uchrashuv bokschimizning to‘liq ustunligi bilan o‘tdi va raqibga imkoniyat bermadi. Keyingi bosqich natijasiga qaramay sportchimiz turnirda o‘zini medal bilan kafolatladi.

Yana bir bokschimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-71 kg) vaznda Daniya vakili Nikolay Terteryanni mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l oldi. Shu tariqa yana bir O‘zbekiston vakili o‘zini medal bilan ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov va Hasanboy Dos‘matov yarim final ishtirokchilariga aylanishdi.