5-avgustdan boshlab «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Rossiya poytaxti Moskva shahriga parvozlarini «Vnukovo» aeroportidan «Domodeodovo»ga ko‘chiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar beradi.
Parvozlar besh yoʻnalishda: Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand va Fargʻonaga rejalashtirilgan. Buxoro va Farg‘onadan Moskvaga parvozlar amalga oshiriladi.
Aviakompaniya Toshkentga haftasiga to‘qqiztagacha reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Boshqa yo’nalishlarga parvozlar chastotasi haftasiga ikki marta.
Ayni damda Qanot Sharq Moskvadan parvozlarini «Vnukovo»da amalga oshirmoqda. Aeroport saytida aytilishicha, Samarqanddan so‘nggi reys 1-avgust kuni amalga oshirilgan, Toshkentdan esa 4-avgustga belgilangan.
Qanot Sharq 1998-yildan yildan beri yo‘lovchi havo transporti bozorida faoliyat yuritib keladi va o‘z parkida Airbus A320ceo va A321neo samolyotlariga ega.
Avvalroq «Kursiv» Qanot Sharq Namangandan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻyganini e’lon qilgan edi.