Yangiliklar

Qirg‘iziston universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar soni 69 foizga oshdi

24,5 ming kishi
Rasm: AndrewLozovyi/Depositphotos

2023/2024-o‘quv yilida Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning eng ko‘pi O‘zbekiston fuqarolari bo‘ldi – 24,5 ming kishi, deb xabar berdi AKIpress.

2019/2020-o‘quv yiliga nisbatan bu ko‘rsatkich 68,9 foizga oshgan.

O‘zbekiston fuqarolaridan keyin Hindistondan kelgan talabalar – 14,4 ming kishi. Uchinchi o‘rinda 9,5 ming kishi bilan Pokiston.

2023/2024-o‘quv yilida Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlarida jami 55,8 ming xorijlik tahsil oldi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik abituriyentlar ko‘proq Rossiya oliygohlarida muhandislik yo‘nalishini tanlashlarini e’lon qilgan edi.