Samsung prezidenti Li Chje Yong kompaniyaning mobil bo‘limidan norozi, chunki yangi aqlli soatlar va simsiz quloqchinlar Apple qurilmalariga o‘xshash, deb xabar berdi «Ajunews» portali.
Gap Galaxy Watch 7 Ultra soati va Buds 3 Pro quloqchinlar haqida ketmoqda, ularning dizayni OAV ma’lumotlariga koʻra, Apple’dan koʻchirilgan.
2019-yilda Koreya kompaniyasi o‘zining amerikalik raqobatchisining quloqchinlarini masxara qilib, ularni «loviya novdalari» deb atagan. Shu bilan birga, Buds 3 Apple kompaniyasining AirPods 2 Pro dizaynini takrorlaydi.
Buds 3 ning dastlabki xaridorlari ham qurilmaning sifatsizligidan shikoyat qilishgan, shu sababli Samsung ba’zi bozorlarga quloqchinlarni yetkazib berishni avgust oyi oxirigacha qoldirishga qaror qilgan edi.
Apple Watch Ultra’ga o‘xshagan Galaxy Watch 7 aqlli soati ham OAV va internet foydalanuvchilari tomonidan tanqidga uchradi. Samsung an’anaviy dumaloq dizayndan voz kechib, Amerika kompaniyasining qurilmalariga o‘xshatishga qaror qildi.
Ajunews xabariga ko‘ra, Samsung rahbariyati o’zining mobil bo‘limi ishini qayta ko‘rib chiqmoqchi.
Avvalroq «Kursiv» Samsung Electronics ikkinchi chorakni sof foydani oshirish bilan yakunlaganini e’lon qilgan edi.