110 ta kompaniya IT PARK rezidentligidan mahrum bo‘ldi
2023-yilgi yakuniy auditorlik xulosasini topshirmagan 110 ta rezident ushbu maqomidan mahrum etildi. Bu haqda IT Park o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyul sanasidagi 589-son qaroriga muvofiq belgilangan majburiyat va talablar yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 2023-yil yakuni bo‘yicha auditorlik xulosasini topshirmagan 110 ta kompaniya rezidentlik maqomidan mahrum qilindi va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalari bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, IT Park rezidentligi maqomiga ega kompaniyalar ko‘plab imkoniyatlar, soliq imtiyozlari, «Zero Risk», «Local2Global» va boshqa dasturiy yordamlarni kafolatlaydi.
110 ta kompaniya ro‘yxati bu yerda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Parkning Qashqadaryodagi Koʻkdala tumanida ham ochilgani haqida xabar bergan edik.