BYD Seal 2025: Yangi mahsulotning ichki hamda tashqi ko‘rinishi namoyish etildi
BYD Ocean seriyali savdo bo‘limi bosh menejeri Chjan Chjuo BYD Seal 2025 ichki qismining fotosuratlari bilan tanishtirdi. Yangi avtomobil 8-avgust kuni rasman taqdim etilishi kutilmoqda.
O‘tgan yilgi BYD Sealning o‘lchamlariga mos ravishda 4800 x 1875 x 1460 mm, g‘ildirak bazasi esa 2920 mm. Hozirgi BYD Seal Glory Editionning orqa g‘ildiragi bilan harakatlanish masofasi esa 550 va 700 kmni, to‘liq g‘ildirakli harakatlanish masofasi esa 650 kmni tashkil etadi.
BYD iyul oyida jami 342,4 mingta avtomobil, shu jumladan, 340,8 mingta yengil avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,5% ga ko‘p. 2024 yilning birinchi yetti oyida BYD ning jami yo‘lovchi avtomobillari savdosi 1,95 mlnta avtomobilni tashkil etdi. Bundan tashqari, BYD allaqachon 8,3 milliondan ortiq yangi energiya vositalarini sotgan va joriy yilning oktabr oyining boshida o‘zining 9 millioninchi avtomobilini chiqarishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» BYD kompaniyasining bozor qiymati qanchaligi haqida xabar bergan edi.