Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etmoqda

Uning narxi bugun 12 594,85 so‘mga yetdi
Фото: Thomas Breher / Pixabay

5-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 12,99 so‘mga ko‘tarildi va 12 594,85 so‘mni tashkil qildi.

Respublika banklari dollarni 12 520 – 12 580 so‘mdan xariq qilishmoqda va 12 620 – 12 655 so‘mdan sotishmoqda.

Markaziy bank boshqa valyutalar kursini ham elon qildi. Ta’kidlash lozimki, evro mamlakatda bugun 179,05 so‘mga qimmatlashdi va 13 793,88 so‘mni tashkil etdi, rubl esa 1,71 so‘mga o‘sdi (148,33 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, 2-avgust kuni AQSh valyutasining narxi deyarli 7 so‘mga o‘sgan edi.