Dushanba kuni ertalab Yaponiya fond indekslari pasayib ketdi

eʼlon qilindi
Nikkei 225 va TOPIX 7 foizdan ko‘proq yo‘qotdi
Rasm: Unsplash

Yaponiyaning Nikkei 225 fond indeksi yuqori foiz stavkalari Amerika iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi xavotirlari tufayli taxminan 7 foizga tushib ketdi, deya xabar beradi «Associated Press».

5-avgust, dushanba kuni ertalab Nikkei 225 7,1 foiz yo‘qotdi. Biroq shundan so‘ng u yo‘qotilgan o‘rnini tiklay boshladi.

Yaponiyaning yana bir fond indeksi TOPIX 7,8 foizga yo‘qotdi.

Indekslarning pasayishi sarmoyadorlar AQSh iqtisodiga inflyatsiyani jilovlashga urinayotgan yuqori foiz stavkalari zarar ko‘rishi bo‘yicha xatarlar bilan bog‘liq.

«Kursiv» 2-avgust kuni bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.

Shuningdek