Fond birjasi: «Ipoteka bank» aksiyalari 31 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Hafta davomida atigi yettita yuqori likvidli aksiya qimmatlashdi
Foto: leungchopan / Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning atigi yettitasi oʻtgan haftani (26-iyuldan 2-avgustgacha) ijobiy yakunladi. «Kursiv» hafta davomida RFBdagi qimmatli qog‘ozlarning dinamikasini o‘rganib chiqdi.

Unga ko‘ra, UCI fond indeksi hafta davomida 4,4 foizga oʻsdi. Qimmatli qog‘ozlar ichida eng katta oʻsish «Ipoteka bank» tomonidan qayd etilib, bankning qimmatli qogʻozlari 31,13 foizga oshdi.

Shuningdek, mazkur davrda Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (2,72 foiz), «Oʻzsanoatqurilishbank» (imtiyozli aksiyalar – 6,54 foiz), «Biznesni rivojlantirish banki» (4,77 foiz), «Turonbank» (2,51 foiz), «Trastbank» (3,16 foiz) va UzAuto Motorsʼning qimmatli qogʻozlari ham yaxshigina oʻsishga erishdi.

Aksiyalari eng koʻp tushgan kompaniyalari qatoridan 21 foiz bilan «Kvarts» joy oldi. Shu bilan birga, «Hamkorbank»ning imtiyozli qimmatli qogʻozlari 8,27 foizga, «Dori-darmon»ning oddiy aksiyalari 5,78 foizga arzonlashdi.

Avvalroq «Kursiv» iyul oyi boshida birjadagi o‘zgarishlar haqida xabar bergan edi.

Shuningdek