Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
2024-yil 5-avgust sanasidan Fransiyaning «CMA CGM Air Cargo» transport-logistika aviakompaniyasi Chjenchjou — Navoiy — Parij yo‘nalishida ilk parvozni muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports.
Unga ko‘ra samolyot soat 06:27 da (mahalliy vaqt bilan) Navoiyga qo‘ngan. Soha an’anasiga muvofiq, samolyot suv arkasi bilan tantanali kutib olingan.
Qayd etish joinki, Chjenchjoudan Parijga doimiy reyslar Navoiyda texnik toʻxtash bilan haftasiga 5 marta «Airbus A350» samolyotlarida amalga oshirib boriladi.
«CMA CGM Air Cargo» shtab-kvartirasi Parijda joylashgan bo‘lib, yirik fransuz yuk aviakompaniyasi hisoblanadi. U 2021-yilda «CMA CGM» transport guruhidagi aviatsiya shu’ba sifatida tashkil topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Silk Avia Toshkentdan Zominga parvozlarni qayta joriy etishi haqida yozgan edik.