Yangiliklar

Futbolchi Abbosbek Fayzullayev Olimpiada o‘yinlaridagi taomlardan norozi bo‘ldi

Ammo u musobaqalarda qatnashishni yaxshi tajriba deya ta’kidladi
FOTO: Sportbox

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Parijdagi Olimpiya shaharchasidagi yashash sharoitini tanqid qildi, deya xabar beradi «TASS».

Shuningdek, Fayzullaev Olimpiadada ishtirok etishni yaxshi tajriba bo‘lganini ta’kidladi.

«Olimpiya o‘yinlari biz uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Sharoitlar? Menga unchalik ma’qul kelmadi» , deydi Fayzullayev.

Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik futbolchilar Misr va ispaniyalik raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqaning pley-off bosqichiga chiqa olmadi. O‘zbekistonliklar so‘nggi turni Dominikan bilan o‘tkazib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning dekabr oyida Fayzullaev O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Hozirgi kunda futbolchi Moskvaning «SSKA» klubida faoliyatini olib bormoqda.

Avvalqor «Kursiv» bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga chiqqani haqida xabar bergan edi.