Mask Neuralink chipining navbatdagi muvaffaqiyatli implantatsiyasini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Birinchi chip 2024-yil boshida implantatsiya qilingan
Rasm: BBC

Neuralink chipni ikkinchi bemorga muvaffaqiyatli o‘rnatdi, deb xabar berdi «Bloomberg» kompaniya asoschisi Ilon Maskga tayanib.

Ilgari qurilmani 2024-yil iyun oyida odamga implantatsiya qilish rejalashtirilgan edi, biroq tibbiy sabablarga ko‘ra operatsiya qoldirildi. Neuralink bu yil 10 nafar bemorga chiplarni joylashtirishi kutilmoqda.

Joriy yil boshida Mask kompaniyasi birinchi marta odamga chip o‘rnatdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bemor fikr kuchidan foydalangan holda onlayn shaxmat o‘ynay olgan.  Ilon Maskning fikricha, Neuralink qurilmalari kelajakda smartfonlar o‘rnini bosishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning yanvar oyida Neuralink chipining implantatsiyasi xuddi shu nomdagi tokenning 5000 foizga oshishiga sabab bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek