O‘zbekiston sanoat texnikalari bo‘yicha Polsha bilan hamkorlik qilmoqda

eʼlon qilindi
126 yillik tajribaga ega kompaniya bilan hamkorlik qilinadi
Foto: Pixabay.com

O‘zbekiston elchixonasi amaliy yordami bilan O‘zbekiston va Polshaning sanoat sohasidagi yirik vakillari orasida hamkorlik muzokaralari tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston diplomatlari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, «O‘zog‘irsanoatloyiha» instituti direktori Bexzod Hazratqulov, Polshaning FUD kompaniyasi prezidenti Yan Kuxno va «Polsha-Osiyo» Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida mamlakatimizdagi qurilish bozoridagi vaziyat, temir yo‘l qurish, zamonaviy kran uskunalari va texnologiyalari transferi haqida so‘z bordi.

Ma’lumot uchun, Polshaning FUD kompaniyasi mashinasozlik, qurilish, energetika, metallurgiya, tog‘-kon sanoati uchun maxsus liftlar, kranlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya viloyatlari sanoat va turizm sohalarida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek