Ashab Tamayev o‘zbekistonlik Sanjar Karimovning taklifini qabul qildi va $1 mln mukofot puli bilan poygaga chaqirdi

eʼlon qilindi
Poygada g‘olib $1 mln dollar oladi
Rasm: tofudevil / depositphotos.com

Taniqli rossiyalik bloger Ashab Tamayev MDH davlatlari haydovchilariga poygada o‘z kuchlarini sinab ko‘rishga taklif qildi. O‘zbekistonlik biznesmen Sanjar Karimov Instagram sahifasida poygada ishtirok etish bo‘yicha o‘z talabini aytib o‘tdi.

Rossiyalik bloger poygada mag‘lub bo‘lsa, g‘olibga o‘zining Rolls Royce Cullinan avtomobilini berishni va’da qildi. Biroq Sanjar Karimovda shunday rusumdagi avtomobil borligi uchun $500 mingga o‘ynashni taklif qilgan.

Ashab Tamayev ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan sovrin pulini $1 mlnga ko‘tardi. O‘zbekistonlik biznesmendan hali javob kelmadi.

Ashab Tamayev poygada BMW М5 CS rusumli avtomobilda ishtirok etmoqchi. Sanjar Karimov esa Nissan GTR Alpha 24X da poygada kuch sinashmoqchi.

Ma’lumot uchun, Sanjar Karimov «Agro eksport group» kompaniyasi asoschilaridan biri hisoblanadi. Korxona O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uchun zarur o‘g‘itlar import qiladi. Uning garajida Lamborgini, Ferari, BMW va Mersedes Gelentvagen mashinalar joy olgan.

Avvalroq «Kursiv» telegram asoschisi Pavel Durov Toshkentga kelganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek