«Saidaziz Medgorodok» 20 yilga qamaldi

eʼlon qilindi
U 2023-yil oxirida hibsga olingan
Foto: «Daryo»

Saidaziz Saidaliev («Saidaziz Medgorodok») 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar berdi «Daryo».

Saidaliyev o‘tgan yil dekabr oyi boshida Toshkentda qo‘lga olingan edi. U o‘ldirish bilan tahdid qilish va tovlamachilikda ayblangan.

Poytaxt IIB uning qilmishidan jabrlangan fuqarolarni ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv Media» «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 20 yil qamoqda o‘tirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek