Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

eʼlon qilindi
«Isuzu» yonishi natijasida Cobaltʼga ham zarar yetdi
Foto: Samarqand viloyati FVB

Bugun, 5-avgust kuni taxminan soat 14:00 lar atrofida Payariq tumani tez tibbiy yordam binosi oldida boʻlgan Isuzu rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati FVB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga koʻra, Samarqand viloyati Payariq tumani «Goʻzal» MFYda joylashgan tez tibbiy yordam binosi yaqinida «Isuzu» yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

«Holat yuzasidan voqea joyiga uchta Yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yongʻin 14:30 lar atrofida oʻchirilgan», deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida halok boʻlganlar va tan jarohati olganlar yoʻq. «Isuzu» yuk mashinasi yaqinida boʻlgan Cobalt avtomobilga zarar yetgan boʻlishi mumkin.

Hozirgi vaqtda, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlar olib borilmoqda, shuningdek, yongʻin kelib chiqish sababi va zararlar aniqlanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahrining Sergeli tumanida yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek