Shavkat Mirziyoyev ta’tildan qaytdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda O‘zR prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi
                    
                            
Bugun, 5-avgust kuni davlat rahbari qisqa muddatli ta’tildan chiqdi. Bu haqda O‘zR prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Prezident hafta davomida Qozog‘istonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi hamda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» sammiti bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni ta’tilga chiqqan edi.
