Yangiliklar

6-avgust kuni O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi
Rasm: zuckamir / depositphotos.com

Bugun, 6-avgust kuni respublikaning janubiy hududlarida quruq va issiq ob-havo kuzatiladi va chang -to‘zonlar ko‘tariladi. Farg‘ona vodiysida esa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati o‘rtacha +42-darajagacha isishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 39-darajagacha ko‘tariladi, kechasi havo 24-darajagacha pasayadi.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo 30-darajagacha isiydi, kechga kelib havo 19-daraja iliq bo‘ladi.