Yangiliklar

Bangladeshliklar Bosh vazirning iste’fosini mehmonxonani yoqish bilan nishonlashdi

Yong‘in oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi
Rasm; Ijtimoiy tarmoqlar

Bangladeshdagi tartibsizliklar vaqtida ishtirokchilar Jessor shahridagi mehmonxonaga o‘t qo‘ydi. Yong‘in oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi, yana 150 kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi «Dhaka Tribune».

 «Minglab odamlar shaharning turli joylarida Bosh vazir Shayx Hasinaning iste’fosini nishonlashdi. Bu jarayonda bir necha kishi mehmonxonani yoqib yuborishgan», deyiladi maqolada.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/08/555.mp4

Mehmonxona Jessor shahri Xalq ligasi bosh kotibi Shahin Chakladarga tegishli edi. Yong‘in allaqachon o‘chirilgan.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Bangladesh mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlari uchun davlat ish oʻrinlarining 30 foizigacha boʻlgan kvotalar ajratilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Talabalar tizimni adolatsiz deb hisobladi va hukumatni ishsizlik masalalari bo‘yicha harakatsizlikda ayblab, Bosh vazir Shayx Hasinaning iste’fosini talab qilishdi.

O‘tgan hafta, 4-avgust kuni hukumat tarafdorlari va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, bu to‘qnashuvda har ikki tomon tayoq va pichoq, politsiya esa o‘qotar qurol ishlatgan.

Mobil internetga cheklovlar joriy etildi va komendantlik soati joriy etildi. Oxirgi haftalarda 11 mingdan ortiq odamlar hibsga olindi.

Keyinroq Shayx Hasina iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi.

Avvalroq «Kursiv» Bangladeshdagi namoyishlar chog‘ida 300 kishi halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.