O‘zbekistonda ipoteka stavkalari tushdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Foizlar kredit muddatiga qarab farq qilishi mumkin

Markaziy bankning 2024-yil 26-iyuldan asosiy stavkani 13,5 foizga tushirishi fonida tijorat banklari ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi ham pasaydi. Bu haqda MB xabar berdi.
Unga ko‘ra, «Ipoteka-bank» 17,5 %, «Asaka bank» 17,5 %, «Milliy bank» 17-17,5 %, Xalq banki 17,5 %, «Aloqabank» 17-17,5 %, «Sanoatqurilishbank» 16,5 %, Biznesni rivojlantirish banki 17 %, «Mikrokreditbank» 17,5 %, «Turon» banki 17,5 %, «Agrobank» 17,5 %, «Hamkor bank» 17,5 %, «Orient finans bank»ning foiz stavkalari ham 17,5 % ni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bazaviy stavkaning pasayishi iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishi haqida yozgan edik.