6-avgust Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan to‘rt nafar sportchi ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Yunon-rum hamda boks sport turlari bo'yicha

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 6-avgust kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasidan to‘rt nafar sportchilar ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Yunon-rum kurashi:

–        Aram Vardanyan (-77 kg) 14:30

–        Rustam Assakalov (-97 kg) 14:30

Ayollar kurashi:

–        Aktenge Keunimjayeva (-50 kg) 14:30

Boks:

–        Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 00:30

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda yunon-rum kurashchisi Islom Bahromov (-60 kg) bronza medali uchun kurashish imkoniyatini boy berdi.

Avvalroq «Kursiv» Parij – 2024 5-avgust kuni oʻzbekistonlik sportchilar qaysi sport turlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek