Cbonds va IIMU O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha VI xalqaro konferensiyani o‘tkazadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Har yili ushbu tadbir 200 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qiladi

Moliyaviy axborotning yetakchi provayderlaridan biri bo‘lgan Cbonds kompaniyasi O‘zbekiston Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (IIMU) bilan hamkorlikda 12-sentabr kuni respublika kapital bozoriga bag‘ishlangan VI xalqaro konferensiyani o‘tkazadi. Bu haqda «Kursiv»ga Cbonds matbuot xizmati xabar berdi.

Har yili ushbu tadbir 200 dan ortiq ishtirokchilarni – yetakchi banklar, investitsiya kompaniyalari, regulyatorlar, xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklari vakillarini birlashtiradi. Joriy yilda «Toshkent» RFB boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili, Freedom Broker Uzbekistan ijrochi direktori Dauren Sapargaliev, EM Macro Structured boshqaruvchi direktori, Barclays Bank UK rahbari Igor Akulov va «O‘zbekinvest» kompaniyasi bosh direktori Rustam Azimov ishtirok etadi.

Anjumanda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Garvard universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan iqtisodchi olim Botir Qobilovning ma’ruzasi rejalashtirilgan.

Ishtirok etish shartlari, shuningdek, konferentsiya delegatlarining to‘liq ro‘yxati Cbonds veb-saytida e’lon qilingan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Cbonds konferentsiyasida qanday mavzular muhokama qilingani haqida yozgan edi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakili Kamronbek Muhammadiev O‘zbekistonda kriptovalyuta sohasining rivojlanishi haqida gapirgan bo‘lsa, Georgiy Paresishvili xorijiy investorlar sonini ko‘paytirish orqali davlat qanday xarajatlarni kamaytirishi mumkinligi haqidagi hisob-kitoblarni taqdim etdi.

Shuningdek