Dollar kursi beshinchi kun ketma-ket ko‘tarilmoqda
eʼlon qilindi
Bugun uning o‘rtacha narxi 12 615,97 so‘mni tashkil qildi
6-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,12 so‘mga ko‘tarildi va 12 615,97 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakat banklari AQSh valyutasini 12 535 – 12 600 so‘mdan sotib olishmoqda va 12 625 – 12 675 so‘mdan sotishmoqda.
Dollarning narxi shu kunga qadar oxirgi marotaba 30-iyul kuni pasaygan edi. O‘sha kun dollar 33,34 so‘mga arzonlashgan.
31-iyul kuni AQSh valyutasining qiymati 3,07 so‘mga ko‘tarildi va 5-avgust kuniga kelib uning narxi 12 594 so‘mga yetdi.
Avvalroq «Kursiv» nega dollar tez ko‘tarilmoqda va qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida yozgan edi.