Ichki yo‘llarni saqlash xizmati joriy qilinadi – prezident
O‘zbekistonda 208 ta tuman va shaharlardagi Obodonlashtirish boshqarmasida ichki yo‘llarni saqlash xizmati joriy etiladi. Xizmat uchun budjet hisobidan to‘rt turdagi maxsus texnika beriladi. Bu mavzu 2024-yil 5-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda muhokama qilingan edi. Ichki yo‘llarni sifatli va ta’mirlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, oxirgi to‘rt yil ichida ichki yo‘llar ta’miri uchun 15 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Ammo ushbu mablag‘ni tizimli nazorat qilish uchun maxsus tizim zarurligi ta’kidlandi. Ayni damda 43 ming km ichki yo‘llar ta’mirlanishga muhtoj. 2354 ta ko‘prik nazoratdan yiroq.
Ichki yo‘llarni saqlash xizmati joriy qilish orqali ta’mir uchun xarajatlar qisqarishiga, chidamlilik muddati esa uzayishiga erishiladi. Muddatlari ham kamida ikki barobar uzayadi.
Prezident mutasaddilarga ushbu takliflar bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda umumiy 184 582 km avtomobil yo‘li mavjud bo‘lib, undan 142 ming km qismi ichki xo‘jalik yo‘llari hisoblanadi Eslatib o‘tamiz, avval «Kursiv» Toshkentda eski turar-joy binolari buzilishi haqida yozgan edi.